11:10 / 14.01.2017
6 152

Apple jahonning eng innovasion kompaniyasi nomini saqlab qoldi

Apple jahonning eng innovasion kompaniyasi nomini saqlab qoldi

Apple yana jahonning eng innovasion kompaniyasi deb topildi. Reyting Boston Consulting nomli xalqaro konsalting agentligi tomonidan tuzilgan, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Tadqiqot jarayonida turli sohalardagi 1500 nafardan ortiq kompaniya boshqaruvchilari orasida so‘rov o‘tkazilgan. Reyting 2004 yildan beri yuritiladi, Apple 2005 yildan buyon ushbu reytingda peshqadamlikni hech kimga bermay kelmoqda.

Google va Tesla 2016 yilning eng innovasion kompaniyalari reytingida kuchli uchlikdan joy olgan. Microsoft esa 4-pog‘onani band qildi. Reytingda Facebook to‘qqizinchi, Samsung ettinchi, Amazon beshinchi, Toyota sakkizinchi o‘rinda kelmoqda.

Reytingga hammasi bo‘lib 50 ta kompaniya kiritilgan, 2016 yilda shulardan 34 tasi AQSh, 10 tasi Evropa va 6 tasi Osiyo kompaniyalari hissasi to‘g‘ri keldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple jahonning eng innovasion kompaniyasi nomini saqlab qoldi