18:02 / 15.01.2017
8 815

Xitoyda dunyodagi eng kuchli lazer ixtiro qilindi

Xitoyda dunyodagi eng kuchli lazer ixtiro qilindi

Xitoylik olimlar erkin elektronlarda ishlovchi dunyodagi eng kuchli lazerni ixtiro qilishdi. Bu lazer ultrabinafsha nurlanishni paydo qiladi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Lazer ishlanmasi Xitoy Fanlar akademiyasiga tegishlidir. Lazer qurilmasi har bir pikosoniyada impulslarni 140 trln fotonga aylantirishga qodir. Bu esa olinayotgan ultrabinafsha nurlanishni dunyodagi eng yorqiniga aylantiradi. Bundan tashqari, to‘lqin uzunligi boshqarilishi mumkin. Bu texnologiyani tatbiq qilish mumkin bo‘lgan sohalar ko‘pdir. U ayniqsa turli fizik-kimyoviy jarayonlarni o‘rganishda asqatishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, lazer butlovchi qismlarining 90 foizi Xitoyda loyihalanib, shu erda ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda dunyodagi eng kuchli lazer ixtiro qilindi