Google Play va App Store daromadlari 40 foizga o‘sdi

  • 17 yanvar 2017, 20:38
  • 4 101
  • Texnologiya
  • Google Play va App Store daromadlari 40 foizga o‘sdi

    Google Play va App Store ilovalaridan tushgan daromad 2016 yilda 40 foizga o‘sdi. Bu haqda App Annie'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

    O‘tgan yili Google Play va App Store ilovalar sotuvidan 35 milliard dollar ishlab olgandi. Bir yilda jami 90 milliard ilova yuklangan, bu 2015 yilga nisbatan 15 foizga ko‘p demakdir. Google Play va iOS'da ushbu ko‘rsatkich 13 milliardga oshgan. Yuklamalar soni bo‘yicha etakchilik avvalgidek Google Play'ga tegishli, biroq App Annie'da ta’kidlanishicha, App Store o‘sish sur’atlarini oshirishda davom etmoqda.

    Foydalanuvchilarning ilovalarda o‘tkazgan vaqti 2016 yilda 25 foizga ko‘paygan va 900 milliard soatni tashkil qilgan. Gap Android-smartfonlarda o‘tkazilgan vaqt haqida bormoqda, Xitoy bundan mustasno. Har bir Android-foydalanuvchi 2016 yilda kuniga o‘rtacha ikki soat vaqtini ilovalarda o‘tkazgan.

    iOS platformasidan yuklash bo‘yicha etakchilikni Xitoy qo‘lga kiritdi, Android orqali esa - Hindiston, mamlakat bu borada AQSh va Braziliyani ortda qoldirdi. App Store ilovalaridan daromad olish darajasi bo‘yicha etakchilik ham Xatoyga nasib etdi, Google Play ilovalaridan tushuvchi daromadlar borasida esa Yaponiya birinchi bo‘ldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Google Play va App Store daromadlari 40 foizga o‘sdi