Facebook yaqin 10 yil davomida virtual reallik texnologiyasiga 2 milliard dollar investisiya kiritadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Mark Sukerberg Oculus kompaniyasiga tegishli intellektual mulkni o‘g‘irlash bo‘yicha ayblov yuzasidan sudda chiqish qilishidan avval ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz sayti.
Kompyuter o‘yinlarini taqdim etish hamda Bethesda, id Software va Arkane Studios studiyalariga egalik qiluvchi Zenimax media-giganti Facebook’ni Oculus VR kompaniyasini noqonuniy ravishda xarid qilishda ayblamoqda. U Oculus Rift virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratgan.
ZeniMax Media’ning fikricha, dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Oculus virtual reallik bo‘yicha barcha texnologiyalar ishlanmasini noqonuniy ravishda o‘ziga o‘tkazib olganini yaxshi bilgan holda bu kompaniyani sotib olgan. ZeniMax aynan u virtual reallik ko‘zoynaklarini yaratganini iddao qilmoqda. Oculus esa bosh dasturchi – Jon Karmakni kompaniyaga ishga olib, shu tariqa, intellektual mulkni o‘g‘irlagani aytildi.
Sukerberg Dallas shtati federal sudida 17 yanvar kuni chiqish qilib, bu ma’lumotlar yolg‘onligini ma’lum qildi. «Oculus mahsulotlari Oculus texnologiyasiga asoslangan. Bizning ishda umumiy kod mavjud emas», - dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi