10:00 / 19.01.2017
6 202

OAV: Ispaniyada FQB so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi hibsga olindi

OAV: Ispaniyada FQB so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi hibsga olindi

Ispaniya huquq-tartibot idoralari Interpol va AQSh Federal qidiruv byurosi so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi Stanislav Lisovni hibsga olishdi. Bu haqda RT telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Lisov Taganrogda dasturchi bo‘lib ishlaydi, u saytlarni qo‘llab-quvvatlash va barpo qilish bilan shug‘ullanadi. Er-xotin Ispaniyaga dam olish uchun kelgan bo‘lgan.

«Biz ijaraga olingan mashinani topshirib, Lionga uchish uchun Barselona aeroportiga kelganimizda, bizni to‘xtatishdi. Avtomobildan chiqqanimizda, ikki nafar polisiyachi kelib, erimni hibsga olishlarini aytishdi hamda telefon, planshet va noutbukni tekshira boshlashdi», — degan Darya Lisova.

Ispaniya polisiyasi Lisovni FQB va Interpol so‘rovi bilan qo‘lga olganini ma’lum qilgan.

Lisovga hech qanday ayblov e’lon qilinmagan. Ayni vaqtda, rossiyalik dasturchi Kataloniyaning Brians qamoqxonasida saqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OAV: Ispaniyada FQB so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi hibsga olindi