18:00 / 21.01.2017
5 424

Xavfsizlik talablari tufayli Tramp o‘zining Android smartfonidan voz kechishga majbur bo‘ldi

Xavfsizlik talablari tufayli Tramp o‘zining Android smartfonidan voz kechishga majbur bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp inaugurasiya marosimidan oldin o‘zining Android-telefonidan foydalanishni to‘xtatib, Maxfiy xizmat tasdiqlagan himoyalangan smartfonga almashtirishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda «TJournal»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Associated Press manbasiga ko‘ra, Trampni avvalgi smartfonidan voz kechishga xavfsizlik xizmati majbur qilgan. U oldin qanday telefon tutgani aniq ma’lum emas, biroq OAV Samsung Galaxy versiyalaridan biri ekanligini taxmin qilgandi. Maxfiy xizmat tasdiqlagan yangi gadjetning modeli va xususiyatlari oshkor etilmagan.

The New York Times Tramp yangi smartfondan tashqari cheklangan kishilarga ma’lum bo‘lgan yangi telefon raqami ham olishini bildirdi. Oldin milliarder bilan bog‘lanish oson edi, uning shaxsiy raqami ko‘plab jurnalistlar, siyosatchilar va shou-biznes vakillarida bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xavfsizlik talablari tufayli Tramp o‘zining Android smartfonidan voz kechishga majbur bo‘ldi