13:30 / 23.04.2015
7 313

Google kompaniyasi o‘z mobil aloqa xizmatini ishga tushirdi

Google kompaniyasi o‘z mobil aloqa xizmatini ishga tushirdi

Google kompaniyasi AQSh iste’molchilar bozorida o‘z mobil aloqa xizmati (wireless service)ni ishga tushirganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Project Fi deb nomlangan loyiha uyali aloqa bo‘lib, internetga yuqori tezlikda ulanadi, shuningdek internet-telefoniya imkoniyatini ham taqdim etadi. Yangi xizmatdan faqat Google Nexus lineykasiga kiruvchi Nexus 6 smartfoni egalari foydalanishi mumkin.

Project Fi’ning oylik abonent to‘lovi tarmoqdan foydalanish narxi sifatida 20 dollarni tashkil etadi. 3 gigabayt taqdim etuvchi bazaviy shartnoma oyiga 50 dollarga teng. Har bir qo‘shimcha gigabayt 10 dollar turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google kompaniyasi o‘z mobil aloqa xizmatini ishga tushirdi