Taxminan ikki hafta avval Nokia smartfonlar bozoriga qaytdi, deb yozadi Daryo nashri. Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasiga tegishli yangilangan brendning ilk qurilmasi o‘rtacha narx kategoriyasidagi Nokia 6 bo‘ldi.
Devays darhol tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi, chunki ko‘pchilik uning kuchsiz texnik xususiyatlariga nisbatan belgilangan narxidan norozi bo‘ldi. Shunga qaramay, yangi qurilmaga talab juda baland bo‘lib chiqdi. Nokia 6 sotuvga chiqqan Xitoyda smartfon uchun oldindan buyurtmalar soni bir milliondan oshdi. Eng qizig‘i esa, 18 yanvar, chorshanba kuni birinchi flesh savdo doirasida butun partiya bir daqiqa ichida sotilib ketdi.
Narxi 245 dollar bo‘lgan holda, Nokia 6 Corning Gorilla Glass 3 2,5D-shishasi bilan qoplangan 5,5 dyuymli Full HD-displey, old tomondagi barmoq izi skaneri, stereodinamiklar, qo‘sh smart-kuchaytirgichlar, Dolby Atmos hajmdor sado texnologiyasi, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 430 prosessori, 4 Gb tezkor, 64 Gb ichki xotira, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator hamda Android 7.0 Nougat operasion tizimi bilan jihozlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi