14:29 / 24.01.2017
6 248

Samsung daromadi 2016 yil IV choragida 50 foizga ortdi

Samsung daromadi 2016 yil IV choragida 50 foizga ortdi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi o‘tgan yilning 4-choragida 7,93 milliard AQSh dollari miqdorida operasion daromad oldi. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 50,11 foizga ko‘proq, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.

Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning oktyabr-dekabr oylarida savdolar hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 0,03 foizga oshgan hamda 46,4 milliard dollarni tashkil qilgan. Xabar qilinishicha, Samsung Electronics’ning 2016 yildagi operasion daromadi 25,42 milliard dollarga etib, yillik nisbatda 10,7 foizga ortdi.

Korporasiyada operasion daromadning ko‘payishini DRAM va NAND xotira mikrosxemalari, shuningdek, Galaxy S7 hamda S7 Edge smartfonlarining ko‘plab sotilishi bilan bog‘lashgan. Shu bilan bir qatorda, Galaxy Note 7 uskunasining ommaviy ravishda qaytarib olinishi tufayli kelgan zarar miqdori daromadga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi, ta’kidlanadi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung daromadi 2016 yil IV choragida 50 foizga ortdi