23:00 / 24.01.2017
5 784

Apple "noma’lum" simsiz qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi

Apple "noma’lum" simsiz qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi

Apple korporasiyasi AQShning aloqa bo‘yicha federal komissiyasida Bluetooth va NFC simsiz interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi noma’lum qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda MacRumors portaliga tayanigan holda Kun.uz xabar bermoqda.

Komissiya A1846 model raqamiga ega qurilmani sertifikatlashtirgan. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyaning mavjud qurilmalaridan birortasi bu raqamga mos emas. Arizada qurilma 100 dan 700 milliampergacha va 5,5 dan 13,2 voltgacha tok iste’mol qilishi, bu esa Apple TV telepristavkasi (920 milliamper va 12 volt) ko‘rsatkichlariga mos kelishi ko‘rsatilgan.

Biroq tahlilchilarning fikricha, qurilma kompaniyaning chakana do‘konlari uchun mo‘ljallangan. Bu bevosita yaqin orada joylashgan iOS-qurilmalar bilan ishlashga imkon beradigan iBeacon texnologiyasiga mo‘ljallangan mahsulot bo‘lishi mumkin.

Bu qurilma Apple’ning oxirgi vaqtda komissiyada ro‘yxatdan o‘tkazgan ikkinchi qurilmasidir. 2016 yil sentyabrda korporasiya A1844 model raqamli gadjetni sertifikatlashtirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple "noma’lum" simsiz qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi