12:59 / 25.01.2017
6 317

"Laboratoriya Kasperskogo" top-menejeri hibsga olindi

"Laboratoriya Kasperskogo" top-menejeri hibsga olindi

"Laboratoriya Kasperskogo" kompyuter hodisalarini tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Ruslan Stoyanov davlatga xiyonat qilish ishi doirasida hibsga olindi, deb yozmoqda "Kun.uz" sayti.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga (FXX) yaqin bo‘lgan manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, u 2016 yil dekabrdan "Lefortovo" tergov izolyatorida ushlab turilibdi. Ma’lum qilinishicha, bu ish bo‘yicha FXXning axborot xavfsizligi markazi bo‘linmalaridan birining rahbari Sergey Mixaylov ham hibsga olingan.

FXXning yuqoridagi bo‘limlari bilan kiberhujumlar bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazishda hamkorlik qilgan xususiy kompaniyalar faoliyati tekshirilmoqda.

Nashr manbalarining ma’lum qilishicha, tergov davlatga xiyonatga gumon bilan o‘tkazilmoqda. Tergov davomida axborot xavfsizligi markazi xodimi xorijiy tashkilotdan pul olgani, vositachi bo‘lib esa "Laboratoriya Kasperskogo" kompaniyasi xodimi chiqqani haqidagi ma’lumot tekshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2006 yilgacha Stoyanov Moskva ichki ishlar boshqarmasida maxsus texnik tadbirlar boshqarmasida ishlagan. Rossiya kompaniyasiga u 2013 yilda o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Laboratoriya Kasperskogo" top-menejeri hibsga olindi