7 637
Facebook smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroq raqami egasini aniqlovchi dastur chiqardi
Facebook kompaniyasi smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroqqa qarab telefon qilayotgan kishining shaxsini aniqlovchi ilova yaratib, uni Hello nomi bilan AQSh bozoriga chiqardi. Bu haqda TASS'ga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda.
Yangi ilova smartfon yoki uyali telefon sohibiga yoqimsiz suhbatdosh yoki og‘ir muloqotning oldini olishi imkonini beradi. Hozirgacha raqam sohibi faqatgina u kontaktlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa aniqlaydigan funksiya mavjud edi, Facebook chiqargan dastur esa kiruvchi raqam egasini ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga qarab aniqlab beradi.
Hozirda Hello AQShning turli shaharlarida ko‘ngillilarga tarqatilmoqda. Agar foydalanuvchilar u haqida ijobiy fikr bildirsa, boshqa davlatlarga ham chiqariladi. Ta’kidlash lozimki, ilova faqatgina Facebook foydalanuvchisi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar raqamlarini aniqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?