20:27 / 25.01.2017
5 704

WhatsApp messenjerida oflayn-rejim paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjerida oflayn-rejim paydo bo‘ldi

Ommabop WhatsApp messenjeri ishlab chiquvchilari mobil dasturni yangilashga kirishdi, endi unda oflayn-rejim, xotira menejeri funksiyalari va bir martada 30 ta fayl yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozadi «Daryo».

Oflayn-rejim internet-aloqasi mutlaqo yo‘q paytida ham suhbatdoshga javob yozish imkonini beradi. Yuborilgan xabar barqaror internet signali paydo bo‘lgach, darhol etkaziladi.

Bundan tashqari, endi foydalanuvchilar dastur egallagan «hudud»ni nazorat qilishning maxsus rejimiga ega bo‘ldi, uni menyuning «Sozlamalar»→«Ma’lumotlar va omborxona»→«Omborxona» bo‘limlari orqali topish mumkin. Bu erda har bir dialog bo‘yicha batafsil statistikani — fotosuratlar, audioxabarlar, hujjatlar hajmini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar xabarga ilova qilinadigan multimediali fayllarning maksimal sonini ko‘paytirdi. Endi bitta xabarga 30 tagacha fotosurat yoki videoyozuv biriktirish mumkin (bungacha 10 ta edi).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » WhatsApp messenjerida oflayn-rejim paydo bo‘ldi