10:52 / 26.01.2017
16 089

ABBYY FineReader 14 dasturi 192 tildagi matnlarni aniqlay oladi

ABBYY FineReader 14 dasturi 192 tildagi matnlarni aniqlay oladi

Elektron lug‘atlar va tarjimalar bilan shug‘ullanadigan ABBYY kompaniyasi PDF-fayllar bilan ishlashga mo‘ljallangan FineReader 14 dasturini foydalanuvchilar e’tiboriga havola etdi. Yangi dastur nafaqat matnlarni aniqlash, balki PDF va boshqa formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniyatini beradi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

FineReader 14 dasturi orqali hujjatlarni yaratish, ko‘rib chiqish, izohlash, tahrirlash, tasdiqlash, taqqoslash va himoyalash imkoniyati mavjud. Dastur lotin, kirill, grek, arman, arab alifbolari va ierogliflarda yozilgan 192 ta tildagi matnlarni aniqlashi mumkin.

Dastur 3 xil versiyada: Standard (uy va kichik tashkilotlar uchun), Business (o‘rta kattalikda kompaniyalarda foydalanish uchun) va Enterprice (yirik tashkilotlar uchun) chiqarilgan. Standard versiyaning narxi 113 dollarni, Enterprice versiyasining narxi esa 200 dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ABBYY FineReader 14 dasturi 192 tildagi matnlarni aniqlay oladi