17:18 / 27.01.2017
7 185

Xitoydagi robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yozadi

Xitoydagi robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yozadi

Xitoydagi Syao Nan ismli robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yoza oladi. U Janubiy Xitoyning Guandun viloyatidagi "Nanfan dushibao" gazetasida "ishlaydi". Sun’iy ong elementlari bo‘lgan elektron qurilma yaratuvchilari so‘zlariga ko‘ra, u kichik bo‘lgan izohlar, shuningdek katta muharrirlik maqolalarini ham tayyorlashi mumkin, deb xabar berdi Kun.uz sayti.

"U oddiy muxbirlarga qaraganda, kirib keluvchi ma’lumotlarni samarali qayta ishlashda ko‘p foyda keltiradi. Uning asosiy xususiyati – tez maqola yozishi", - deya Pekin universiteti robototexnika sohasi mutaxassis Van Syaoszyunning so‘zlarini keltiradi "Chjungo jibao" gazetasi.

Syao Nan o‘zining birinchi maqolasini Xitoy taqvimi bo‘yicha yangi yilga bag‘ishladi. U 27 yanvar kuni nishonlanadi. Maqola mavzusi – ommaviy bayram tadbirlari vaqtida jamoat transportining yuklamasi. Millionlab kishilar bu vaqt mobaynida ko‘plab safarlarga chiqadi hamda bu temir yo‘l, avtobus, dengiz va aviatransportdagi katta yuklamalarga olib keladi, deb yozgan robot.

Biroq robot-jurnalistda kamchiliklar ham bor. Van Syaoszyunning so‘zlariga ko‘ra, qurilma "hozircha muloqot qila olmaydi" – ya’ni, Syao Nan berilgan savollarga javob berib, ma’lum bir fikrni mustaqil ravishda bildirmaydi. Ammo ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, robot "gazetalar va boshqa OAV faoliyatini muharrirlar hamda muxbirlarga yordam berish orqali sezilarli darajada yaxshilashi aniq".

Xitoyda keyingi vaqtlarda ko‘plab yangi robotlar yaratilmoqda. Ulardan o‘yinlar, keksa va kasal insonlarga qarash, ekskursiyalar o‘tkazish va ma’lumotnomalar taqdim etishda ayniqsa samarali foydalanilmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, ular kelajakda tibbiyot sohasida ham naf keltirishlari mumkin ekan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoydagi robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yozadi