08:50 / 30.01.2017
9 742

Android’da keshni tozalashni o‘rganamiz

Android’da keshni tozalashni o‘rganamiz

Smartfondagi ilovalar o‘zida ko‘plab ma’lumot va axborot saqlaydi, bu esa – qurilma xotirasidan shuncha joy band bo‘ladi, deganidir. Ushbu to‘planib qolgan ma’lumotlarni o‘chirib yuborish amali keshni tozalash deyiladi. Buni qilsak, nafaqat biror muayyan dasturning faoliyati me’yorlashadi, balki smartfonning xotirasi ham tozalanib, uning ishlash tezligi oshadi, deb yozadi Terabayt sayti.

Quyida Android tizimli smartfonlarda keshni tozalashni qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz.

Keshni yalpi tozalash

Smartfonning keshini butkul tozalash – undagi barcha ilovalarning to‘planib qolgan ma’lumotlarini o‘chirish uchun uning sozlamalari – «Nastroyki»ga kiramiz.

Keyin uning xotira sozlamalariga, ya’ni «Pamyat» bandiga o‘tamiz.

Bu erda bizga keragi – kesh ma’lumotlari, ya’ni «Dannыe kesha». Shuni bossak, keshni tozalashga buyruq bergan bo‘lamiz.

Tizim bizdan ma’lumotlarni o‘chirish haqidagi qarorimizni tasdiqlashni so‘raydi. Qalqib chiqqan oynachadan «OK»ni bosib, tozalashni tasdiqlaymiz.

Tegishli biror ilova keshini tozalash

Ba’zida butun bir smartfonning keshini emas, balki undagi biror dasturning keshini tozalashga zarurat tug‘iladi. Odatda, to‘g‘ri ishlamay qolgan ilovaning ortiqcha ma’lumotlarini o‘chirib tashlash kerak bo‘lib qoladi.

Bunday hollarda ham, xuddi yuqoridagi singari, ishni telefonning umumiy sozlamalari – «Nastroyki»dan boshlaymiz. Keyin esa dasturlarga – «Prilojeniya» bo‘limiga o‘tamiz.

Bu erda o‘zimizga kerakli ilovani tanlaymiz. Masalan, quyidagi misolda Agent Mail.Ru keshini tozalash amalga oshirilmoqda.

Uning menyusidagi «Ochistit kesh» – «Keshni tozalash» bandini tanlaymiz va shu bilan dasturning to‘planib qolgan ortiqcha ma’lumotlari o‘chirib tashlanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android’da keshni tozalashni o‘rganamiz