13:32 / 03.02.2017
6 599

Instagram’da fotogalereyalar joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Instagram’da fotogalereyalar joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi

Instagram’da biryo‘la bir necha foto joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur funksiya dasturning Android uchun beta-versiyasiga qo‘shildi, deya xabar beradi «Daryo».

Hozir bir necha fotoni faqat reklama beruvchilar joylashtirishi mumkin, lekin yaqin orada bu funksiyadan barcha foydalanishi mumkin bo‘ladi. iOS uchun Instagram’da ham shunday imkoniyat paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Postga bir necha surat yoki videoni qo‘shish uchun barmoqni birinchi suratda ushlab turish lozim. Shundan so‘ng o‘ntagacha foto yoki videoni tanlash, ularga bir xil yoki turli filtrlarni qo‘llash va shundan so‘ng galereya tarzida joylashtirish mumkin.

The Verge ekspertlari Instagram kelajakda ommaviy ijtimoiy tarmoqlarning boshqa funksiyalari, jumladan, repostlar, jonli videotranslyasiyalarni ham qo‘llashiga umid bildirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram’da fotogalereyalar joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi