17:57 / 05.02.2017
5 938

Telegram ayrim mamlakatlarda ishlamay qoldi

Telegram ayrim mamlakatlarda ishlamay qoldi

Bundan bir necha kun muqaddam, aniqrog‘i 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 lar atrofida Evropa va Yaqin Sharqda yashaydigan ayrim foydalanuvchilar Telegram messenjerining ishlashida kuzatilgan muammo yuzasidan shikoyat qilishgan. Kompaniya yuzaga kelgan nosozlikni tezda bartaraf etishga va’da bergan, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Telegram vakilining qayd etishicha, muammo serverda yuz bergan nosozlik sababli kelib chiqqan. Ushbu holat 2013 yilda VKontakte tarmog‘ida ro‘y bergan nosozlikka o‘xshaydi. O‘sha paytda hali Pavel Durov mazkur ijtimoiy tarmoqni boshqarar edi.

Messenjer vakilining ijtimoiy tarmoqlarning birida yozilishicha, 2 fevral kuni muammo haqida xabar berilgandan keyin oradan 3 soat o‘tib Evropada kuzatilgan muammo Telegram tomonidan bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram ayrim mamlakatlarda ishlamay qoldi