18:21 / 05.02.2017
6 457

Xitoy optik aloqaning yangi tizimini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy optik aloqaning yangi tizimini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy ilk marta bir vaqtning o‘zida real vaqt rejimida muloqot qilish imkonini beruvchi eng yangi tizimni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda "Sinxua" agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

"Bu Xitoyning optik aloqa texnologiyalari yangi taraqqiyot bosqichiga chiqqanidan dalolat beradi. Unga ko‘ra, katta masofalarga haddan ziyod yuqori tezlikda o‘ta yirik hajmdagi ma’lumotlar etkaziladi", - deya izoh berishdi loyiha ishtirokchilari tadqiqot yakunidan so‘ng. Shuningdek ular ma’lumot etkazish tezligi soniyasiga 560 terabaytni tashkil qilishini ta’kidlashdi.

Xitoylik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar etkazish oqimini obrazli tavsirlaydigan bo‘lsak, oddiy zamonaviy optik texnologiyalarni bir izli yo‘lga taqqoslash mumkin. Endigina sinovdan o‘tkazilgan variant esa - etti izli tezkor magistral. Natijada, mutaxassislarning izohlashicha, bu sohada yanada baland cho‘qqilarni zabt etishga muvaffaq bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy optik aloqaning yangi tizimini sinovdan o‘tkazdi