18:14 / 07.02.2017
5 455

«E-yoshlar» #NavoiyDay va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqish harakatida

«E-yoshlar» #NavoiyDay va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqish harakatida

O‘tgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqqan «E-yoshlar» guruhi bu yil ham o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda barcha vatandoshlar, xususan, virtual olamdagi faol yoshlarni o‘z safiga chorlab qoladi, deb yozmoqda Daryo nashri.

«E-yoshlar» ular bilan birgalikda #NavoiyDay va #BoburDay heshteglarini butun jahon Internet foydalanuvchilari o‘rtasida faol targ‘ib qilib, mazkur heshteglarni dunyo trendiga olib chiqmoqchi va yana bir bora haqiqiy internet saylini o‘tkazish uchun bel bog‘lagan.

Mazkur virtual aksiya joriy yilning fevral oyi ijtimoiy tarmoqlardagi eng shov-shuvli kampaniyasi bo‘lishi kutilmoqda.

Aksiya talablariga ko‘ra,Twitter foydalanuvchilari 9 fevral kuni soat 9:00 dan boshlab #NavoiyDay heshtegi bilan, 14 fevral kuni soat 14:00 dan boshlab esa #BoburDay‬‬ heshtegi bilan post qoldirishlari kerak bo‘ladi.

Aksiyada, shuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvchilari ham o‘z postlarida ushbu heshteglarni ishlatgan holda qatnashishlari mumkin.

Qayd etish joizki, «E-yoshlar» guruhi 14 fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazishni rejalashtirgan.

Unda har bir kishi faol ishtirok etish uchun universitetga tashrif buyurishi va hududda o‘rnatilgan Bobur Mirzo tavallud kuniga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus bannerlar, dekorasiya va illyustrasiyalar atrofida suratga tushib, o‘z ishtirokini onlayn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirib borishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «E-yoshlar» #NavoiyDay va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqish harakatida