09:39 / 09.02.2017
7 634

Olimlar birinchi marta vaqtni soatsiz o‘lchadi

Olimlar birinchi marta vaqtni soatsiz o‘lchadi

Lozannadagi Shveysariya Federal politexnika maktabi olimlari Physical Review Letters jurnalida o‘ziga xos eksperiment natijalari haqida hisobot e’lon qildi, deb yozadi “Daryo”. Ular birinchi marta vaqtni soat qo‘llamagan holda o‘lchay oldi.

An’anaviy atomli soatlarda elektromagnit qopqonda bir necha mikrometr masofasida ikkita ion joylashadi. Ionlarga lazer bilan otilgach, ular shartli ravishda nol va bir deb qabul qilinadigan ikkita holatga o‘tadi. Ushbu holatlar o‘rtasidagi tebranish vaqtni sanash nuqtasi bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy atom soatlari milliardlab yillar davomida bir soniyaga adashishi mumkin.

Ammo lazer vspishkalarini hosil qilish, ionning lazer impulsini yutish va uni ajratish vaqtini aniqlash uchun etarlicha aniqlikdagi “oddiy” soat kerak bo‘ladi. Lazer impulslarining sifati va tozaligini oshirish va shunga muvofiq, atom soatlari aniqligini oshirish juda qiyin.

Eksperiment doirasida turli uzunlikdagi to‘lqinlarga ega lazerlarni mis plastinkaga yo‘naltirishdi. Kechikish (to‘lqinlangan elektronning atomdan ajralib chiqishida ketadigan vaqt) “oddiy” atom soatlari bilan o‘lchandi. Fiziklar zarracha spinining yo‘nalganligi elektronning qochish vaqtini belgilashini aniqladi. Elektron atomni bir nanosoniyaning 27 milliard ulushi ichida tark etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar birinchi marta vaqtni soatsiz o‘lchadi