13:57 / 09.02.2017
8 712

O‘zbekistonda terminalsiz elektron to‘lov tizimi joriy qilindi

O‘zbekistonda terminalsiz elektron to‘lov tizimi joriy qilindi

Yagona umumrespublika prosessing markazi savdo terminalini qo‘llamasdan, QR-kod orqali to‘lov tizimini joriy etdi. Bu haqda Sputnik nashri yozmoqda.

Markaz mutaxassislarining ma’lum qilishicha, yangilikni QR-kod orqali to‘lov mexanizmini joriy qilgan savdo-servis korxonalarida sinab ko‘rish mumkin.

Bunda bank to‘lov kartasi smartfondagi ilovaga biriktiriladi, so‘ng ushbu ilovadan savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

To‘lovning bunday usuli sotuvchi uchun ham, xaridor uchun ham oddiy plastik bank kartasiga nisbatan qulayroq.

Masalan, sotuvchiga kartani qabul qilish uchun savdo terminali kerak bo‘lmaydi.

Xaridorda esa kartalar solingan hamyondan smartfon foydasiga voz kechish imkoniyati paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda terminalsiz elektron to‘lov tizimi joriy qilindi