Yangi iPhone'larda simsiz quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ladi

  • 10 fevral 2017, 18:00
  • 4 524
  • Texnologiya
  • Yangi iPhone'larda simsiz quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ladi

    KGI Securities'ning taniqli analitigi Min-Chi Kuo so‘zlariga ko‘ra, Apple'ning yangi smartfonlarida simsiz zaryadka funksiyasi bo‘lishini aytib o‘tdi. Bu haqda MacRumors'ga tayanib Kun xabar beradi.

    Kuo Kupertino korporasiyasi texnologiyani qay tarzda amalga oshirishni rejalashtirgani haqida hech nima demagan, biroq bu funksiyaga ega birinchi ayfonlar bozorga 2017 yilda chiqishini ma’lum qilgan.

    Ekspertlarning qayd etishicha, Apple kompaniyasining "aqlli" soatlarida simsiz zaryadka mavjud bo‘lib, shuning uchun ham iPhone qurilmalarida mazkur imkoniyatni paydo bo‘lishi ancha haqiqatga yaqindir. Bundan tashqari, o‘tgan yili Bloomberg nashri kompaniya gadjetlarni masofadan quvvatlashga imkon beruvchi texnologiya ustida tinmay ishlayotganini xabar qilgan edi.

    Avvalroq Min-Chi Kuo 2017 yilda Apple smartfonlarning birdaniga uch modelini ishlab chiqarishini xabar qilgan edi. Uning taxminiga muvofiq, iPhone o‘zining yangi to‘plamida birdaniga ikki xil 5,5 dyuymli versiyani taqdim etdi: ulardan biri — standart LCD displey, boshqasi OLED ekranga ega bo‘ladi. Har bir smartfonga ikki modulli kamera o‘rnatiladi. Kichik model iPhone 8 esa 4,7 dyuymli LCD ekranom va odatiy fotomodul bilan jihozlanadi.

    Bundan tashqari, analitikning ma’lum qilishicha, korporasiya xavfsizlikni ta’minlash uchun ilg‘or biometrik texnologiya joriy qiladi. Odatiy Touch ID o‘rniga Apple'ning yangi smartfon va planshetlari o‘z egalarini yuzni identifikasiya qilish yordamida aniqlaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yangi iPhone'larda simsiz quvvatlash funksiyasi paydo bo‘ladi