Nokia qurilmalarini bozorda olg‘a surish bilan shug‘ullanuvchi HMD Global kompaniyasi N seriyasidagi qurilmalarni ishlab chiqarishni qayta boshlamoqchi, deb yozadi «Daryo». Xitoyning Baidu resursi ta’kidlashicha, ularni Barselonada 26 fevralda bo‘lib o‘tadigan MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etishlari mumkin.
2011 yilda kompaniya Nokia N9 smartfonini, 2015 yilda esa Nokia N1 planshetini chiqargandi. Microsoft bilan oldi-sotdidan keyin Nokia 2016 yil oxirigacha o‘z brendi ostida smartfonlar chiqarish huquqiga ega bo‘lmagani tufayli, N seriyasini qayta tiklashga boshqa harakat qilinmagan edi.
Endi esa yangi Nokia N qurilmalari chiqarilishini bilvosita tasdiqlovchi tasvir tarqaldi. Ushbu qurilmalardan kamida bittasi Qualcomm Snapdragon 6xx prosessori bazasida ishlaydi, demak, bu o‘rta yoki yuqori segment devaysi bo‘ladi. Kompaniya jami 500 mingtachaga N seriyasidagi qurilmalarni etkazib bermoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi