Android-smartfonlar sohiblarining deyarli 40 foizi o‘z qurilmalarini grafik kalit orqali «qulflab» qo‘yishadi. Xo‘sh, bu usul qanchalik ishonchli o‘zi?
Lankaster universiteti (Buyuk Britaniya), Bat universiteti (Buyuk Britaniya) va Shimoli-g‘arbiy universitet (Xitoy) mutaxassislari bu borada maxsus tadqiqot o‘tkazishdi. Natijada aniqlanishicha, grafik kalit smartfonni begona qo‘llardan to‘liq himoyalay olmas ekan, deb yozadi Terabayt sayti.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, barmoq izi skaneri, parol yoki raqamli PIN-kod smartfonni grafik kalitdan ko‘ra ishonchliroq muhofaza qilar ekan.
Agar yovuz niyatli kishi ro‘parangizda o‘tirib olib, sizning o‘z smartfoningizni blokdan chiqarish jarayoningizni videoga tushirib qo‘ysa, keyin gadjetingizni qo‘lga kiritib olsa, kalitni o‘zi topib ochishi unchalik ham qiyin bo‘lmaydi. Buning uchun, blokdan chiqarishingiz jarayonida u ekraningizni ko‘rib turishi ham shart emas. Shunchaki, ro‘parangizda go‘yoki o‘z telefonida o‘yin o‘ynayotgandek bo‘lib o‘tiradi-da, keyin videodagi harakatlaringizni tanib oluvchi maxsus dastur orqali grafik kalitingizni aniqlaydi.
Qizig‘i shundaki, grafik kalit qanchalik murakkab bo‘lsa, dastur uni shunchalik katta aniqlikda tanib olar ekan!
Mazkur dasturning yana bir xususiyati – ishlash jarayonida u kalitlarni aniqlash texnologiyasini rivojlantirib, ya’ni, tajribasi ortib boradi va har bir navbatdagi qadamida harakatlarni oldingilaridan ko‘ra aniqroq tanib oladi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, dastur harakatlarni tanib olishi uchun 2,5 metrgacha uzoqlikdan videoga olish mumkin. Shu tariqa, jamoat joylarida smartfoningizni blokdan chiqarish uchun grafik kalitdan foydalanganingizda, bu qulfingizni buzib ochish ehtimoli yuqori.
Tajribada mutaxassislar 120 ta turlicha grafik kalit ustida ish olib borishdi. Buni qarangki, 95% holatda ko‘pi bilan beshta urinishda qulfni ochish kombinasiyasini to‘g‘ri tanlay olishdi. Tabiiyki, olimlar mazkur dastur nomini ma’lum qilishmagan.
«Mobil qulfbuzarlik»ning bu turidan foydalanish uchun, tabiiyki, jinoyatchi kimning smartfonini o‘marishni oldindan rejalashtirib, uni kuzatib borishi ham lozim bo‘ladi. Demak, grafik kalitga butkul ishonib qolmasdan, qurilmangizning o‘ziga ham ehtiyot bo‘lishingiz lozim. Shuningdek, ekranda grafik kalitni chizayotganingizda ikkinchi qo‘lingiz kafti bilan uni yopib tursangiz ham zarar qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?