20:23 / 14.02.2017
7 428

UMS mobil aloqa operatori rahbariyati yangilandi

UMS mobil aloqa operatori rahbariyati yangilandi

Sirojiddin Faxrutdinov UMS mobil aloqa operatori bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Sirojiddin Faxrutdinov Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bitiruvchisi, ixtisosligi bo‘yicha aloqa muhandisi. UMS bosh direktori lavozimiga tayinlanishidan oldin «O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi telekommunikasiya uskunalarini ishlab chiqarish, elektron-texnik mahsulotlarni tadqiq qilish, loyihalashtirish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TELMAX ELECTRONIKS MChJga rahbarlik qilgan. Avvalroq «Koinot» OAJni boshqargan.

Ikki yildan ko‘proq faoliyati davomida UMS rivojlanishning zarur pog‘onasiga etdi va qat’iy raqobat sharoitida aholiga kerakli mahsulot va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Kompaniya o‘z rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni davom etadi va O‘zbekiston hududlariga kirib borishni kengaytirish, aloqa va internet sifatini yanada oshirish, mijozlarbop takliflarni ishlab chiqish va joriy qilishga alohida e’tibor qaratadi.

Sirojiddin Faxrutdinov, UMS bosh direktori


Sobir Aripov UMS texnik direktori etib tayinlandi.

Sobir Aripov ham Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. UMS MChJga kelishdan avval Huawei Tech Investment Tashkent MChJ direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan avval Huawei Technologies vakolatatxonalarini ochish hamda Markaziy Osiyo va Sharqiy Evropa mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan.

Hozirgi kunda kompaniya texnik jihatdan juda katta marralarga erishishni ko‘zlamoqda. Tarmoq radioqamrovi hududini yanada kengaytirish va xizmatlarimizdan iloji boricha ko‘proq aholi foydalana olishga sharoit yaratish bo‘yicha keng qo‘lamdagi dastur amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tarmoqni rivojlantirish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish sifatini yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Sobir Aripov, UMS texnik direktori


Ma’lumot uchun, Universal Mobile Systems kompaniyasi 2014 yilning 1 dekabrida tijoriy faoliyatini boshlagan. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi «Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie» DUK kompaniya ta’sischisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UMS mobil aloqa operatori rahbariyati yangilandi