15:15 / 16.02.2017
6 395

Beeline Qoraqalpog‘istonda tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline Qoraqalpog‘istonda tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline 3G tarmog‘i hajmi va qoplami kengaygani haqida xabar beradi. Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida baza stansiyalari ishga tushirildi, buning natijasida signal va mobil Internet sifati yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov shunday dedi: “Beeline Qoraqalpog‘istonda birinchi raqamli operator bo‘lib qolmoqda, va bu o‘z navbatida abonentlarimizning yuksak umidlarini oqlashga undaydi. Yangi ofislar ochilishi, qulay takliflarning joriy etilishi va tarmoqning kengayishi ham hududda, ham butun O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyaning sifatli rivojlanishiga yangi istiqbollar ochadi”.

Yangi uskunalar Nukusning Furmanov, Nasrullaev va Kok-Ozek ko‘chasida signalning yuqori sifatini ta’minladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Qoraqalpog‘istonda tarmoqni kengaytirmoqda