19:12 / 17.02.2017
6 741

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi ilgari foydalanilgan telefonlarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini oldi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi ilgari foydalanilgan telefonlarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini oldi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu haqda «Davlat bojxona qo‘mitasi»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Keles» temir-yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Moskva—Toshkent yo‘nalishi bilan kirib kelgan poezd yo‘lovchilarining qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, fuqaro S.Niyozovning (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) qo‘l yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan qiymati 2,5 million so‘mni tashkil etgan 240 dona muqaddam foydalanilgan turli xil uyali aloqa vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu aniqlangan holat yuzasidan tuman sudi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddalariga asosan uyali aloqa vositalari davlat egaligiga musodara qilinib, ma’muriy jarima tayinlangan.

Shuningdek, Novosibirsk—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poezdida kirib kelgan fuqaro R.Norov qiymati salkam 8,5 million so‘mlik 282 ta muqaddam ishlatilgan uyali aloqa vositasini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatmasi hamda bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmadi.

Sud qarorlariga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanilib, vaqtincha olib qo‘yilgan uyali aloqa vositalari xavfsizlik talablariga javob bermaganligi sababli belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

Ta’kidlash joizki, 2016 yil davomida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan 24 ta qonunbuzarlik holatida qiymati 16 million so‘mdan ortiq bo‘lgan salkam 900 ta radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkent shahar bojxona boshqarmasi ilgari foydalanilgan telefonlarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini oldi