02:40 / 19.02.2017
5 514

Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda

Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda

Fashistlar Germaniyasining rahbari Adolf Gitlerga tegishli qizil telefon apparati AQShning Merilend shtatidagi auksion uyida sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Associated Press”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bergan.

Bugun, 18 fevral kuni auksion savdolari boshlanishi kutilayotgan telefon apparatining boshlang‘ich narxi 100 ming AQSh dollari etib belgilandi. Chesapik shahridagi Aleksander tarix auksion uyi ma’muri Bill Panagopulos telefon 300 ming AQSh dollariga baholanishi mumkinligini bildirdi.

Gitlerning bosh qarorgohida ishlatilgan telefon, qo‘lda ham olib yurilgan. Uni Ikkinchi Jahon urushining yakuni arafasida Gitlerning bunkerini ishg‘ol etgan rus askarlari qo‘lga kiritgan edi. Keyinroq, ular bu matohni ingliz siyosatchisi ser Ralf Raynerga berib yuborishgan.

Qiziqarli jihati shundan iboratki, tarixda nomi qoralangan Gitler va uning hokimiyatiga tegishli buyumlar, kitob va aslahalar g‘arbdagi auksionlarda qimmat narxga sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda