Internetda Facebook xodimlari Pyotr Poroshenkoning Ukrainada kompaniyaning vakolatxonasini ochish haqidagi iltimosiga javobi aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz.
Mark Sukerberg o‘tkazgan anjumanlardan birida Facebook xodimlaridan biri Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerbergga iltimosi borligi haqida aytganda, zalda kulgu ko‘tarilgan.
O‘z navbatida, Pyotr Poroshenko kompaniya bilan tegishli muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi.
“Sukerberg ukrainaliklarning savollariga javob berdi. Umid qilamanki, Facebook’ning Ukraina hududi moderasiyasi barcha qiyinchiliklarga qaramasdan kelgusida ham to‘g‘ri va Facebook qoidalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Facebook idorasi bilan muzokaralar boshlandi. Ukrainada Facebook idorasining ochilishi biz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ukrainada xalqaro kompaniyalar vakolatxonalarining ochilishini davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblayman”, deb yozdi Poroshenko o‘zining Feysbukdagi sahifasida.
Avvalroq Mark Sukerberg anjuman o‘tkazib, Sukerberg anjuman davomida ukrainaliklarning ularning postlari siyosiy sabablarga ko‘ra to‘sib qo‘yilayotganligi haqidagi shikoyatlariga javob berib o‘tdi.
“Biz ochiq tajovvuz, milliy alomat bo‘yicha haqoratlash yoki zo‘ravonlikka undovchi postlarni saqlovchi kontentlarni to‘sib qo‘yamiz”, deb javob berdi Sukerberg.
Sukerberg ukrainalik foydalanuvchilarning postlari go‘yoki Facebook’ning Rossiyadagi vakolatxonasidan to‘sib qo‘yilayotgani haqidagi savollarga javoban, kompaniyaning Rossiyada idorasi yo‘qligini, Ukraina segmenti esa aslida Dublindagi xalqaro jamoa tomonidan moderasiya qilinayotganini ma’lum etgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!