22:17 / 19.02.2017
5 845

Kiberhujumlar bo‘yicha qaysi davlatlar etakchilik qilmoqda?

Kiberhujumlar bo‘yicha qaysi davlatlar etakchilik qilmoqda?

2016 yilning to‘rtinchi choragida kiberhujumlar eng ko‘p AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya hududidan amalga oshirilgan. Akamai internet-kompaniyasi olib borgan tadqiqotlar shunday natija ko‘rsatdi. Bu haqda RIA "Novosti"ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

2016 yilning oxirgi choragida kiberhujumlar umumiy sonining kamayishi fonida DDoS-hujumlar amalga oshirilgan IP-manzillar soni sezilarli darajada ko‘paygan.

"DDoS-hujumlar amalga oshirilgan asosiy mamlakatlar AQSh (24 foiz), Buyuk Britaniya (10 foiz) va Germaniya (7 foiz) hisoblanadi", - deyiladi hisobotda. To‘rtinchi o‘rinda - Xitoy (6,2 foiz), beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,4 foiz) qayd etilgan.

Tadqiqotda 2016 yilning ilk uch choragi statistikasi ham keltirilgan. Unda birinchi o‘rinni Xitoy, ikkinchi o‘rinni AQSh va uchinchi o‘rinni Turkiya, Tayvan hamda Buyuk Britaniya egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kiberhujumlar bo‘yicha qaysi davlatlar etakchilik qilmoqda?