08:04 / 22.02.2017
6 145

5G texnologiyasi Nokia va Intel labaratoriyalarida sinovdan o‘tadi

5G texnologiyasi Nokia va Intel labaratoriyalarida sinovdan o‘tadi

Finlyandiyaning Nokia telekommunikasion qurilmalari ishlab chiqaruvchisi va Amerikaning Intel texnologik kompaniyasi AQSh va Finlyandiyada 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazish hamda rivojlantirish labaratoriyasini ochadi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Shu tariqa kompaniyalar tijorat bozorida yangi simsiz texnologiyaning paydo bo‘lishini tezlashtirishmoqchi. Qo‘shma labaratoriyalar Nyu-Jersi shtatidagi Myurrey-Hill va Finlyandiyadagi Espooda ishga tushiriladi.

"5G yangi va hattoki hali noma’lum "o‘yinchi"lar uchun ko‘plab tijoriy imkoniyatlar yaratish salohiyatiga ega. Bizning 5G Solutions Lab qo‘shma labaratoriyamiz kompaniyalarni yangi imkoniyalar yaratishda bebaho resurs bilan ta’minlaydi", - deydi Mobile Networks Products Nokia bo‘limi rahbari Frenk Veerich.

5G tarmoqlari real vaqt rejimida soniyasiga 10 Gb'dan yuqori tezlikda axborot almashish imkonini beradi - bu 4G tarmoqlaridan 30 karra tezroq degani. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi yangi standartni 2020 yilga borib tadbiq qilishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 5G texnologiyasi Nokia va Intel labaratoriyalarida sinovdan o‘tadi