Amerikaning Google kompaniyasi egasi bo‘lgan Alphabet Inc. Uber taksi xizmatiga nisbatan sudga murojaat qildi. U mazkur kompaniyani lidar (lazerli lokator) texnologiyasini o‘g‘irlashda ayblamoqda. Mazkur texnologiya haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarda qo‘llaniladi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
Xabar qilinishicha, Alphabet Inc. muqobil avtomobillar uchun texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Waymo kompaniyasini tashkil etgan. Ayni kompaniya Uber va Google kompaniyasining sobiq muhandislarini lidarni o‘g‘irlashda ayblamoqda.
«Fikrimizcha, ushbu harakatlar Waymo tijoriy rejalari va intellektual mulkini egallab olish uchun aniq reja asosida amalga oshirilgan», — degan Google egalari.
Taxminlarga ko‘ra, Google sobiq xodimi Entoni Levandovski kompaniyani tark etishidan avval, Waymo kompaniyasiga tegishli 14 mingdan ortiq turli chizmalardan yashirincha nusxa olgan. Ular orasida lidar ham bo‘lgan, Entoni Uber tarkibidagi startapida ushbu chizmalardan foydalangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...