19:36 / 19.05.2015
6 707

Beeline mijozlik tajribasini takomillashtirishga e’tibor bermoqda

Beeline mijozlik tajribasini takomillashtirishga e’tibor bermoqda

2015 yil 19 may, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida kompaniya abonentlarining mijozlik tajribasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan qator muhim loyihalar haqida xabar berdi.

Unitel MChJ rahbariyatining hisobotida birinchi chorakning quyidagi muhim loyihalari aks ettirildi: Beeline 3G tarmog‘ida sof tovush uzatuvchi “Hozirlik effekti” HD-texnologiyasi, bir nechta aviakompaniyalarning havo kemalarida joriy etilgan rouming noyob xizmati, shuningdek CLICK tizimi bilan birgalikda ishga tushirilgan “Avtoto‘lov” xizmati.

“Pozitiv mijozlik tajribasi – bu eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni ta’riflaydi, va biz Beeline‘ni O‘zbekistondagi birinchi raqamli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lishiga intilamiz, - deydi mijozlik tajribasini rivojlantirish loyihasi rahbari Oraz Abdurazakov. – Bu erda barchasi muhim: xizmatlarning yuqori sifati, xizmat ko‘rsatishning eng oldi standartlari, biznes-jarayonlarning ochiq-oydinligi, tezkor qayta aloqa va boshqalar”.

Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremovning belgilashicha, shaxsiy va dilerlik eksklyuziv ofislarning tarmog‘ini kengaytirgan holda, kompaniya riteyl boshqarilishining samarali tizimiga ahamayat qaratmoqda, bu esa o‘z navbatida Beeline savdo belgisi ostida faoliyat yuritayotgan barcha salonlarda xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlaydi va mavjud bo‘lgan barcha qoida va normalarni bajarilishini kafolatlaydi.

2015 yilning I choragida mijozlar bilan qayta aloqa o‘rnatish borasida, mavjud aloqa kanallarini rivojlantirib va yangilarini barpo etgan holda, kompaniya katta yo‘l bosdi. Shunday qilib, bugungi kunda Facebook, Odnoklassniki, Twitter va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi Beeline O‘zbekiston korporativ sahifasi obunachilarining umumiy soni 700 000 kishini tashkil etdi, va bu kompaniyani har bir ijtimoiy tarmoqdagi eng yirik brend-uyushmalar qatoriga chiqardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline mijozlik tajribasini takomillashtirishga e’tibor bermoqda