06:13 / 28.02.2017
5 787

"Bilayn" aloqa operatorining nomi o‘zgarishi mumkin

"Bilayn" aloqa operatorining nomi o‘zgarishi mumkin

Vimpelcom kompaniyasi 2016 yilga doir moliyaviy hisobotida “Bilayn” brendining nomi o‘zgarishi haqida ma’lum qildi.

2016 yilning noyabrida Italiyada VEON platformasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgan edi. Hisobotda qayd etilishicha, 2017 yilning oxirigacha barcha mamlakatlarda VEON internet platformasi ishga tushiriladi.

VimpelCom kompaniyasining bosh ijrochi direktori mazkur yangilikka quyidagicha izoh berdi:

"Bugun VimpelCom kompaniyasida VEONning yangi va ajoyib davri boshlanadi. Brendning qayta nomlanishi telekommunikasiya kompaniyasining global texnologiyalar etakchiligiga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.

Biz VEON foydalanuvchilariga platformada yangidan-yangi xizmatlarni taqdim etuvchi STUDIO+, Deezer va Mastercard bilan global hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan mamnunmiz".

Brendning yangi nomi kompaniya aksiyadorlarining 30 mart kuni o‘tkaziladigan majlisida tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vimpelcom Ltd dunyoning yirik integrasiyalashgan aloqa operatorlaridan biri hisoblanadi. U Rossiya, Italiya, Jazoir, Pokiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Bangladesh, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya va Laosda aktivlarga ega. Vimpelcom kompaniyasi "Beeline", "Kievstar", Wind, Djezzy, Mobilink va Banglalink brendlari ostida xizmat ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Bilayn" aloqa operatorining nomi o‘zgarishi mumkin