08:41 / 01.03.2017
6 198

Xiaomi o‘z prosessorlarini ishlab chiqarishni boshladi

Xiaomi o‘z prosessorlarini ishlab chiqarishni boshladi

28 fevral kuni Xitoyning mobil texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi o‘zining mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan birinchi prosessorini namoyish etdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Surge S1 chipseti Xiaomi’ga tegishli Beijing Pinecone Electronics kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Prosessor Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 625 chipsetiga raqobatchi sifatida keltirilmoqda. Kompaniya o‘zining yangi prosessorini birinchi bo‘lib Xiaomi Mi 5C yangi smartfoniga o‘rnatadi.

Ekspertlar ta’kidlashicha, bungacha prosessorlarni boshqa firmalardan sotib olgan Xiaomi Samsung, Apple yoki Huawei’dan namuna olgan. Ushbu kompaniyalar mobil qurilmalar uchun chipsetlar ishlab chiqarish sohasida dunyoda etakchi bo‘lgan Qualcomm kompaniyasiga bog‘liqligini kamaytirish uchun ham o‘z prosessorlarini ishlab chiqarishni boshlagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi o‘z prosessorlarini ishlab chiqarishni boshladi