08:03 / 01.03.2017
5 942

YouTube’da telekanallar efirini tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi

YouTube’da telekanallar efirini tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi

YouTube videoxostinggi yaqin orada telekanallar efirini tomosha qilish funksiyasiga ega bo‘ladi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YouTube foydalanuvchilari real vaqt rejimida Amerikaning to‘rtta yirik teletarmog‘i (ABC, CBS, NBC va Fox), shuningdek yana 30ta kabel telekanallar efirini tomosha qilishlari mumkin.

Xizmat bir oyda oltita sahifa uchun 35 dollarlik obuna orqali ko‘rsatiladi. Shu tariqa, bir oilaning bir necha vakillari servisdan, o‘z shaxsiy sahifalari orqali kirib, foydalanishlari mumkin, deya aniqlik kiritishdi YouTube’da.

Vojiskining so‘zlariga ko‘ra, YouTube o‘z auditoriyasini kengaytirmoqchi hamda foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar taklif etadi. "Zamonaviy yoshlarga sifatli televizion mahsulot yoqishi aniq, biroq biz ular TVni an’anaviy usulda ko‘rishni istamasliklarini tushunib etdik", - deya ta’kidlab o‘tdi u.

Yangi servis AQShda yaqin bir necha oylar ichida ishga tushiriladi. Ayni damda videoxosting YouTube Red nomli servisni ham taklif etmoqda, u foydalanuvchilarga YouTube uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlardan ma’lum haq evaziga foydalanish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube’da telekanallar efirini tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi