16:37 / 01.03.2017
6 776

O‘zbekiston bojxonachilari noqonuniy olib o‘tilayotgan dronlar va lazer ruchkalarni musodara qilishdi

O‘zbekiston bojxonachilari noqonuniy olib o‘tilayotgan dronlar va lazer ruchkalarni musodara qilishdi

O‘zbekistonga ruxsatsiz olib kirilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmalari va lazerli yoritqich ruchkalari bojxonachilar tomonidan aniqlanib, ularning olib kirilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli Qaroriga asosan 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan. Bundan tashqari portativ lazerli nur tarqatgichlarni ham respublikamizga olib kirish mumkin emas.

Shunga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmalarini mamlakatimiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirishga urinishlar uchrab turibdi.
Ta’kidlash joizki, olib kirish ta’qiqlangan bu kabi qurilmalar qatoriga uchuvchisiz uchish imkoniyatiga ega bo‘lgan masofadan turib boshqariladigan samolyot, vertolyot kabi bolalar o‘yinchoqlari ham kiradi.

Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut ata” chegara-bojxona posti xodimlari shovotlik K.Amonov tomonidan 1 dona uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasini noqonuniy ravishda olib kirilishi oldini olishdi.

Buxorolik Sh.Xalilov ham mazkur post orqali kirib kelar ekan, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida hamda bojxona xodimlarining og‘zaki surishtiruvlari paytida ma’lum qilmasdan 2 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi, 29 dona Laser Led Pen nomli lazerli nur tarqatgich ruchkalarni olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, “Beyneo‘ Nukus” yo‘lovchi poezdi amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘lovchilardan biri R.Ataxanov 1 dona uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh qilindi.

Raqamlarga murojaat qilsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tgan 2016 yilda salkam 4,5 mln. so‘mlik 9 ta ana shunday uchuvchisiz uchish qurilmalarining respublikamizga olib kirilishiga chek qo‘yilgan.

Fuqarolar bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan vaqtlarida o‘zlari olib kelayotgan uchuvchisiz uchish qurilmalarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida qayd etmasdan, bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tishga bo‘lgan harakatlari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, belgilangan javobgarlik choralarining qo‘llanilishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston bojxonachilari noqonuniy olib o‘tilayotgan dronlar va lazer ruchkalarni musodara qilishdi