Taniqli insayder Evan @evleaks Blass o‘z mikroblogida Janubiy Koreya kompaniyasining yangi qurilmasi fotosuratlarini taqdim etdi.
"O‘ylashimcha, bu - siz uzoq kutgan narsa", - deya izoh bergan Blass sizib chiqqan fotosuratga.
Tasvirga ko‘ra, Galaxy S8 smartfonida Home tugmachasi bo‘lmaydi, displeyning yon tarafidagi ramkalar esa deyarli yo‘qoladi. Shuningdek tepa qismda ko‘zning rang pardasini skanerdan o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus datchik ham bo‘ladi. U Galaxy Note 7’da ham bo‘lgandi.
Avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Samsung yangi qurilmasi ikki nusxada chiqadi: diagonali 5,8 va 6,2 dyuymga teng displeylarda. Har ikki nusxa ham simsiz quvvatlantirish funksiyasiga ega bo‘lib, chang va namlikdan himoyalangan.
Fevral oyi oxirida Janubiy Koreya kompaniyasi yangi smartfonning taqdimotiga taklifnomalar jo‘nata boshladi – u Nyu-Yorkda 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniya bo‘lajak qurilmaning o‘ziga xos jihatlari haqida hech qanday ma’lumot bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi