19:57 / 02.03.2017
5 629

Qozog‘istonda 2020 yilgacha 1300 ga yaqin qishloq 20 Mb/s tezlikdagi internet bilan qamrab olinadi

Qozog‘istonda 2020 yilgacha 1300 ga yaqin qishloq 20 Mb/s tezlikdagi internet bilan qamrab olinadi

Qozog‘istonda 2020 yilgacha aholi soni 250 kishidan ortiq 1291 posyolka tezligi sekundiga 20 megabaytgacha bo‘lgan internetga ega bo‘ladi. Bu haqda Digital.report'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Qishloqlarda keng polosali internetni joriy etish uchun tegishli infrastruktura bilan ta’minlangan aholi punktlaridan optik tolali kabel tortib kelinadi. Ularning umumiy uzunligi 28,5 ming kilometrni tashkil etadi.

Aloqa Fiber to the building texnologiyasi bo‘yicha tashkil etiladi, ya’ni har bir binoga etkaziladi.

Mamlakat axborot va kommunikasiyalar vazirligiga ko‘ra, rejalashtirilayotgan loyiha qishloq aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashning birinchi bosqichi bo‘lib, 2020—2025 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda qolgan 4 ming qishloq qamrab olinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘istonda 2020 yilgacha 1300 ga yaqin qishloq 20 Mb/s tezlikdagi internet bilan qamrab olinadi