17:24 / 03.03.2017
5 652

Apple yangi gadjetini patentladi

Apple qadimiy yo‘rgakni yodga soluvchi qurilmaga patent oldi.

Qurilma moslashuvchan OLED-ekran bilan ta’minlanadi. U rulonlarga o‘raladi va ikki chetidagi rolik-ushlagich ichiga joylanadi.

Korpusning bu qismlari, patent arizasida ko‘rsatilishicha, alyuminiy bo‘laklari, shuningdek shisha, kompozit, plastik, sopol yoki boshqa to‘g‘ri keluvchi materialdan tayyorlangan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Kun.uz nashri.

Qurilma shuningdek prosessor, xotira, datchiklar, akkumulyatorlar va boshqalar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari unga ulkan stereoskopik tasvir olishga imkon beruvchi ikki kamera o‘rnatilishi mumkin.

Roliklar magnitlar yordamida buklanadi. Shuningdek buklanganidan so‘ng ekran teskari holatda bo‘lmasligi uchun zarur mexanizm ta’rifi ham keltirilgan.
Apple yangi gadjetini patentladi


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple yangi gadjetini patentladi