07:47 / 05.03.2017
5 250

iPhone 8: Apple tezkor quvvatlashda yangi texnologiyani qo‘llaydi

iPhone 8: Apple tezkor quvvatlashda yangi texnologiyani qo‘llaydi

Apple’ning navbatdagi iPhone 8 smartfoni o‘ta tezkor simli quvvatlash funksiyasiga ega bo‘lishi, buning uchun kompaniyaning bir yog‘i Lightning ikkinchi tomoni USB konnektor shaklidagi kabelidan foydalanishi to‘g‘risida KGI Securities tadqiqot kompaniyasi tahlilchisi, ayfon telefonlari bo‘yicha «adashmas» mutaxassis Ming Chi Kuo ma’lum qildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

9to5Mac hamda AppleInsider nashrlarida yozilishicha, Apple’ning yangi gadjetidagi Lightning ma’lumot almashishga mo‘ljallangan porti bir vaqtning o‘zida bugungi ko‘pchilik ilg‘or smarftonlarda mavjud «USB Type-C» turidagi port vazifasini ham bajaradi. Shu bilan birga, quvvatlashda yangi dizayndagi «o‘rindiq» shaklidagi quvvat oldirgich ham tatbiq etiladi. Natijada, foydalanuvchi smartfonni ham shnur, ham simsiz texnologiya yordamida tezkor quvvatlashi mumkin bo‘ladi. Kuoning so‘zlariga ko‘ra, USB-C porti hajman katta bo‘lgani uchun Apple iPhone 8’da yangicha quvvatlash funksiyasini nisbatan ixcham bo‘lgan Lightning konnektorida joriy qilmoqda.

Korporasiya faoliyatining 10 yilligi yubileyi munosabati bilan iPhone 8’ning butkul yangicha dizayn va ilg‘or jihatlar bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Jumladan, yangi ayfonda ramkasiz OLED displey, shisha dizaynli orqa panel va tugmasiz old panel, atrofni 3D kengaytirilgan shaklida ko‘radigan sensor, yuz tuzilishiga ko‘ra tizmga kirishga ruxsat beruvchi biometrik skaner kabi innovasiyalar mavjud bo‘ladi. Apple’ning ayfonning bugungi — 7-avlodini yanada takomillashgan, iPhone 7S hamda iPhone 7S Plus talqinlarida ham taqdim etishi ham kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8: Apple tezkor quvvatlashda yangi texnologiyani qo‘llaydi