Xavfsizlik: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

  • 05 mart 2017, 08:21
  • 3 782
  • Texnologiya
  • Xavfsizlik: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

    O‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun noutbuk yoki smartfonda kamerani izolenta bilan yopishtirib qo‘yish shartmi? Bu usul oddiy foydalanuvchilar uchun qanchalik foydali yoki bu faqatgina mashhur yulduzlarga tegishlimi?

    Maxfiylik

    Odamlar shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rganishmoqda. Xakerlar doimiy tarzda foydalanuvchilar ma’lumotlari, fotosuratlari, paroli va boshqalarga hujum qilishdan to‘xtashmaydi.

    Yaqinda tarmoqlarda paydo bo‘lgan suratlarda Mark Sukerberg noutbukining mikrafoni va kamerasi yopib qo‘yilgani bunga misol bo‘la oladi. Ana shunday vaqtda o‘ylanib qolasiz, balki chindan ham o‘z xavfsizligimiz uchun veb-kamerani berkitib, murakkabroq parollarni topish kerakdir.

    Raqamli xavfsizlik

    Albatta, agar siz taniqli tadbirkor, siyosatchi yoki yulduz bo‘lmasangiz, hech kim sizni kuzatmaydi. Biroq barcha duch kelishi mumkin bo‘lgan viruslar haqida unutmang. Agarda mana shunday infeksiya kompyuteringizga tushib qolsa, xaker u orqali bir vaqtning o‘zida kompyuterga ulangan qurilmalarga ham kira oladi. Bu esa ko‘pchilikka manzur bo‘lmasligi mumkin. Katta xavf, asosan, Windows kompyuter egalarida bo‘ladi. Ular antivirus o‘rnatib, MediaGet kabi keraksiz dasturlarni yuklab olmasliklari tavsiya qilinadi. Sababi, viruslarning 90 foizi mana shunday dasturlar orqali tarqaladi.

    Bu borada Mac foydalanuvchilariga omad kulib boqqan, sababi qurilmaga viruslar kam tushadi va kameraga kompyuter egasining roziligisiz ulanish qiyin.

    Kompyuter xavfsizligi

    Ishonavering, xakerlar uchun sizning monitorga intizor bo‘lgan g‘amgin chehrangiz qiziq emas. Biroq ehtiyot choralarini ko‘rib yurgan ma’qul. Shunchaki 2016 yil aprelda sodir bo‘lgan voqeani eslang. Bir necha yuzlab kompyuterlarga ulana olgan «Dvacha» nomli foydalanuvchi butunboshli onlayn-shou tashkil etdi. U insonlar ustidan ochiqdan-ochiq kulib, brauzerda hayosiz videolar, musiqalar yoqib, «VKontakte» sahifalarini yoritdi. Achinarlisi, zararkunanda foydalanuvchining shaxsi noma’lumligicha qoldi.

    Shu sababli menga hech kim hujum qila olmaydi, degan hayollardan yiroq yuring. Bundan tashqari, 2014 yilda Snouden aytganidek, kuzatuv ishlari bilan maxsus xizmat ham shug‘ullanadi.

    Shuning uchun, Sukerberg va boshqa taniqli shaxslar kabi izolentadan foydalanish — eng to‘g‘ri qadam. Aniqrog‘i, to‘g‘ri qadamlardan biri.

    Noutbukdagi kamerani berkitish shartmi?

    Albatta, kamera va mikrofonlarni berkitish kerak, biroq siz oddiy inson bo‘lsangiz, izolentaga hojat yo‘q. Antivirusga ulaning, faqatgina ishonchli softni o‘rnating va albatta, o‘zingiz haqingizdagi barcha "hikoya"ni tarmoqlarga joylamang. Hozirda siz haqingizda veb-kameradan ham ko‘proq aytib beruvchi turli xizmatlar bor. Shu sababli tug‘ilgan kuningizni kiritishdan avval, qiyinroq parollar qo‘yish haqida bosh qotiring, mahfiylikni unutmang!

    Manba: Sof.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xavfsizlik: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?