18:50 / 05.03.2017
5 959

T-Mobile raqib kompaniya mijozlariga iPhone 7 taqdim etishni va’da qilmoqda

T-Mobile raqib kompaniya mijozlariga iPhone 7 taqdim etishni va’da qilmoqda

AQShning T-Mobile mobil operatori raqibi Verizon mijozlariga o‘zining ONE tarif rejasiga o‘tgan taqdirlarida iPhone 7 taqdim etishni va’da qilmoqda. Bu haqda «Kommersant’»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Mashable nashriga ko‘ra, 100 dollar miqdoridagi qo‘shimcha to‘lov evaziga foydalanuvchilar iPhone 7 Plus smartfoniga ega bo‘lishi mumkin. Xabarda taqdim etiladigan gadjetlarning xotira hajmiga aniqlik kiritilmagan.

Shu bilan birga, aksiyaning bir qator cheklovlari ham mavjud. Birinchidan, smartfonni faqat trade-in (eski mahsulotni yangisiga qo‘shimcha to‘lov evaziga almashtirish) tizimida, shunday xizmatni taqdim etadigan T-Mobile do‘konlarida olish mumkin.

Qolaversa, almashuvda faqat iPhone 6 va undan yangi modellar, shuningdek, Samsung Galaxy 7 hamda Samsung Galaxy 7 Edge ishtirok etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » T-Mobile raqib kompaniya mijozlariga iPhone 7 taqdim etishni va’da qilmoqda