18:55 / 05.03.2017
4 657

Evrokomissiya banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga kirishdi

Evrokomissiya banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga kirishdi

Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari banklarning kiberhujumlarga qarshilik ko‘rsatishga tayyorgarligini tekshirish uchun umumiy talablarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Evrkomissiya rais o‘rinbosari Valdis Dombrovskis Bryusseldagi konferensiyada shu haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri.

"Biz turli mamlakatlarda qabul qilingan ko‘plab test sinovi qoidalarini chetlab o‘tmoqchimiz. Biz chegaraning barcha tomonlarida yo‘lga qo‘yiluvchi test sinovlari standartlarini qabul qilish zarur deb hisoblaymiz", - dedi Dombrovskis. Siyosatchining fikricha, umumiy standartlar EI miqyosida umumiy stress-testlarni o‘tkazish uchun yo‘l ochib beradi, bu haqida Evrokomissiya a’zolari bir necha bor aytishgan.

Hozirda Evrokomissiya chakana moliyaviy xizmatlar bozoriga oid harakatlar rejasini tayyorlamoqda. Sug‘urta, to‘lov va kredit bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham shular jumlasidandir. Yaqin haftalar ichida shunga doir hujjat chop etiladi. Dombrovskisning so‘zlariga ko‘ra, harakatlar rejasi tashkilotlarni elektron imzo va elektron ID kabi masofadan asl nusxani tekshiruvchi texnologiyalarni qo‘llashga rag‘batlantiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Evrokomissiya banklar kiberxavfsizligini ta’minlashga kirishdi