Pizza Hut kompaniyasi krossovkalar chiqarilishi haqida ma’lum qildi. Kompaniya dunyoning 90 mamlakatida pissa etkazib berish bilan shug‘ullanadi. Oyoq kiyimidagi tugmacha bosilsa, etkazib beruvchi sizning aniq joyingizni aniqlab, buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Pizza Hut krossovkalari GPS, Bluetooth va buyurtma uchun katta qizil tugmachaga ega. Tugmacha bosilsa, tizim sizni qayerda ekanligingizni aniqlaydi va ilovaga smartfon orqali ulanadi. Unda esa buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazish hamda etkazib berishga buyurtma berish talab etiladi.
Shuning uchun krossovkalar aksessuar sifatida ishlatiladi. Pizza Hut’da telefonga ulanmay turib pissaga buyurtma berish mumkin emas.
Krossovkalarni hozircha do‘kondan sotib olishning imkoni yo‘q, ularni avvaliga 64 juftda, cheklangan partiya bilan chiqarishadi hamda jurnalist va blogerlarga sinovdan o‘tkazish uchun tarqatishadi. Kelajakda oyoq kiyimi keng ommaga mo‘ljallab sotuvga qo‘yilishi ham mumkin, biroq uning narxi hozircha noma’lum.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi