18:26 / 06.03.2017
6 651

Beeline‘ning reklama roligi eng innovatsion deb tan olindi

Beeline‘ning reklama roligi eng innovatsion deb tan olindi

Beeline “2016 yilning Eng yaxshi Reklama Roliklari” tanlovi doirasida hududiy telekanallarning qo‘llab-quvvatlashi asosida o‘tkazilgan respublika bo‘yicha ovoz berish natijalari haqida xabar beradi.

200 videorolik ovoz berishga taqdim etilib, ulardan o‘ntasi 5 nominatsiyada tanlab olindi. Ovoz berish natijalari bo‘yicha Bir nomli videorolik “Innovatsion reklama-2016” nominatsiyasidagi sovringa sazovor bo‘ldi. G‘oliblarni MGroup agentligi va Taraqqiyot telekanalining ekspertlar kengashi aniqlashdi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning marketing xizmati rahbari Hilola Karimboyeva shunday dedi: “Avvallari kompaniyamiz ICTExpo va boshqa loyihalar doirasida bir necha bor shunga o‘xshash sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi. Bu manoda Beeline mamlakatning eng innovatsion brendi hisoblanadi, lekin bizning ishonchimiz komilki, insonlarning ishonchini doimiy ravishda oqlash lozim, shu manoda biz uchun “Innovatsion reklama-2016” sovrini – biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganimizdan dalolat beradi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline‘ning reklama roligi eng innovatsion deb tan olindi