Uber kompaniyasi saytida bepul sayohat qilish imkonini beruvchi xato topildi

  • 07 mart 2017, 08:52
  • 3 873
  • Texnologiya
  • Uber kompaniyasi saytida bepul sayohat qilish imkonini beruvchi xato topildi

    Anand Prakash ismli shaxs Uber saytida bepul sayohatlar imkonini beruvchi xatoni topdi, deb yozadi Daryo.

    Anand Prakash tomonidan mazkur xatoning AQSh va Hindistonga nisbatan qo‘llanilishi muvaffaqiyatli yakunlandi. Shundan so‘ng, kompaniya xatoni to‘g‘rilab, foydalanuvchiga mukofot ajratdi.

    Prakash Uber’dagi ushbu xatoni qanday topganini o‘zining blogida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur xatodan istalgan shaxs foydalana olishi mumkin bo‘lgan.

    Xato kompaniya rasmiy saytining kodida bo‘lgan. Foydalanuvchidan buning uchun bor-yo‘g‘i sayohatni to‘lash usulini o‘zgartirish talab etilgan.

    Qayd etilishicha, Prakash ushbu xatoni 2016 yil avgust oyida topib, kompaniyaga xabar bergan. Uber xatoni to‘g‘rilab, Prakashga mazkur axborotni 2017 yil martiga qadar e’lon qilmaslik javobgarligini yuklagan.

    Prakash kompaniya sayti va dasturlari faoliyatidagi xato haqida axborot bergani uchun Uber kompaniyasidan 5000 dollar qabul qilib oldi. U mazkur dastur ishtirokchilari ro‘yxatida 14-o‘rinda turadi.

    Prakash tez-tez Facebook’dagi xatolar haqida ham xabar berib turishi ta’kidlandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uber kompaniyasi saytida bepul sayohat qilish imkonini beruvchi xato topildi