Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisining xabar berishicha, rafiqasi Prissilla Chan bilan ikkinchi farzand dunyoga kelishini kutishmoqda – u yana qiz bola bo‘ladi.
"Shuni mamnuniyat bilan xabar qilamizki, yana bir qiz farzandni kutyapmiz", - deya yozdi Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi farzandda kechgan og‘iq homiladorlikdan keyin juftlik yana bir farzand ko‘rish g‘oyasiga unchalik yaxshi qarashmagan, deb yozadi Kun nashri.
"Prissilla yana homilador ekanini bilganimizda, bola sog‘lom ekanidan umid qildik. Men shuningdek, u qiz bola bo‘lishiga umid qildim. Maks uchun singil juda ajoyib sovg‘a", - deya yozdi u.
Facebook asoschisining aytishicha, uchta opa-singillar bilan birga katta bo‘lgan hamda ular unga juda ko‘p narsani o‘rgatishgan. Uning rafiqasi Prissillada ham ikkita opa-singil bor.
"Barchamiz hayotimizdagi kuchli ayollar sabab yaxshi insonlarga aylandik – bular opa-singillar, onalar va do‘stlar. Chaqalog‘imiz tug‘ilishini intizorlik bilan kutmoqdamiz va yana bir kuch ayolni katta qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz", - deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Facebook asoschisi Mark Sukerberg Blumberg agentligi reytingiga ko‘ra dunyoning eng badavlat o‘nta kishisi ro‘yxatiga kiradi. 5 mart holatiga ko‘ra uning davlati 59,1 milliard dollarni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Eron Isroilga hujum uyushtirdi. Endi urush boshlanadimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..