14:41 / 10.03.2017
5 552

iPhone 5S'da suhbatlashayotgan suriyalik yigit hushidan ketdi

iPhone 5S'da suhbatlashayotgan suriyalik yigit hushidan ketdi

Moskva shahrida yashovchi suriyalik yigit, Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining sobiq talabasi 21 yoshli Ratib telefonda suhbatlashayotgan paytida tok urishi natijasida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga etkazildi. Gap shundaki, voqea sodir bo‘lgan vaqtda iPhone 5S zaryad olayotgan bo‘lgan, deb yozadi Kun nashri.

Mazkur voqea 8-mart kuni Kirovgradskiy ko‘chasida sodir bo‘ldi. Ratib iPhone 5S telefonida suhbatlashayotgan edi, birdan uning ota-onasi portlashga o‘xshash baland tovush eshitishdi, o‘g‘lining xonasiga kirishganida uni hushsiz holatda topishdi.

"Ratibning otasi mening yonimga kelib, yordam so‘radi. Uning yoniga borganimda hushsiz yotardi. Men tez yordam brigadasini chaqirdim. Shifokorlar uni hushiga keltirishdi va shifoxonaga olib ketishdi", - dedi jabrlanuvchining qarindoshi Shokir.

Yigitni kuyganlar markazining jonlantirish bo‘limiga joylashtirishdi. Ratibga elektrojarohat va ko‘plab kuyish tashxisi qo‘yildi. Bundan tashqari, uning markaziy asab tizimiga ziyon etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 5S'da suhbatlashayotgan suriyalik yigit hushidan ketdi